
Nima? Boy boʻlish uchun koʻp pul boʻlish kerak emasmi? degan savol sizning ichingizda paydo boʻlgandir. Albatta, koʻp pul boʻlish kerak, lekin bor kuchini pul topishga qaratgan inson adashadi koʻp pul topa olmaydi. Qanday qilib? Unda kuchimizni nimaga qaratishimiz kerak? - degan savolga eng zoʻr javob - bu EHTIYOJLARGA!
“Ehtiyojlar bilan fikrlang” - deydi multimillioner Den Lok. Yaʼni bu yerdagi extiyojlar - insonlarning ehtiyojlari. Olamga mashxur Robert Kiyosakining “Pulni faqat odamlardan olasiz” degan gaplari ham oʻta muhim ahamiyatga ega.
Demak bir soʻz bilan aytganda agar koʻp pul topishni istasangiz koʻp odamlarga foyda bering, qancha koʻp odamga qancha koʻp qiymat bera olsangiz, aynan shuncha daromad topasiz. Eng katta kuch va eʼtiboringizni odamlarning ehtiyojlarini qondirishga, muammolarini hal qilishga qarating, shunda albatta oʻzingiz ham eng katta talabga aylanasiz. Bu esa oʻz oʻrnida boy boʻlishning asosiy kalitidir.
Agar men koʻp ishlasam, betinim harakat qilsam, bor kuchimni bersam, bir kun kelib boy boʻlamanmi? degan savol koʻpchilikni qiziqtiradi, “ammo Dunyoning siz ketqizgan kuchingiz bilan ishi yoʻq, u faqat koʻp odamlarga koʻp foyda berganlarga yordam beradi” deb taʼkidlaydi koʻpchilik badavlat insonlar. Koʻpchiligimiz, afsuski, faqat oʻzimizni oʻylashga odatlanganmiz, lekin kim boshqalarni ham oʻylasa unga albatta baraka yoʻldosh boʻladi.
Hoʻp, tushunarli, lekin qaysi yoʻl bilan foyda bersam ekan... Hamma boylar oʻzi sevgan kasbi bilan foyda beradi! Har birimizni olam oʻziga xos isteʼdod bilan mukofotlagan va ana shu isteʼdod sizda ham bor! Aynan shu isteʼdodingizni kasbga aylantirib tezda odamlarga yordam berishga kirishishingiz kerak! Siz bu ishni boshlashingiz bilan Olam sizga har xil yoʻllarni ochib berishni boshlaydi va odamlarning ogʻirini yengil qilgan saringiz shunga loyiq darajada oʻzingiz ham mukofotlanasiz!