
O`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatni rivojlantirish, uning munosib ma’naviy olam egasi bo`lib kamolga yetkazish bugun jahon hamjamiyatidagi eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi. Bundagi asosiy maqsad har bir yoshdagi mavjud shaxsiy-ijodiy imkoniyatlarni mumkin bo`lgan darajada ijtimoiy foydali faoliyatning eng faol ko`rinishlari darajasiga yetkazishdan, uni yuksak ma’naviyatli shaxs darajasiga ko`tarish uchun o`z imkoniyatlari doirasida shart-sharoit yaratish va amaliy yordam berishdan iboratdir. Shu munosabat bilan maktabda turli to'garaklar faoliyati tashkil qilingan. Jumladan sport to'garaklari ayniqsa futbol to'garagi iste’dodli bolalarni futbol bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash, yosh futbolchilarning saviyasini o‘stirib borish, yangi iste’dodlarni kashf qilish maqsadida maktabda futbol to'garagi tashkil qilingan.