
Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g’azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo’lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag’ishlagan. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o’z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko’makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo’lgan. 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari S.Sattorova va G.Yaqubovalar maktabning 5-6-7-sinf o'quvchilari bilan tadbir o'tkazdilar.Tadbirga maktab o'quvchilri va ota-onalar jalb qilindi.