Xorazm viloyati, Shovot tumani Monoq mahallasi

blog

Atoqli, oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Shoira umr boʻyi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1938-1948-yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar - salkam oʻttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.
Yirik oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, nafis sheʼriyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.
Olimamizning "Bahor", "Bahor keldi seni sòroqlab" va boshqa kòplab she'rlarini she'riyat ihlosmandlari tomonidan sevib o'qiladi. 
2024-yil 1-mart kuni maktabda 1-mart - Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun! munosabati bilan 5-10-sinf o'quvchilari o'rtasida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi G.Yaqubova tadbir o'tkazdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Monoq mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot3-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili